Янгиликлар
Bir_murojaat_izidan HAR BIR MUROJAAT ADLIYA E’TIBORIDA
Sardoba tumani Xalqobod mahallasi “Paxtaobod” koʻchasida istiqomat qiluvchi fuqaro Y.Abdiyev oʻzi qonuniy ravishda egalik qilib kelayotgan uy-joyining 4 sotix oʻlchamdagi yer maydonini tuman hokimining soxta qarori bilan boshqa bir fuqaro egallab olayotganligidan norozi bo‘lib tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.
Fuqaro bunga qadar bir nechta davlat organlari va tashkilotlariga bu borada murojaat qilgan bo'lsa-da, unga na amaliy yordam, na yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan.
Mazkur murojaat Sardoba tuman adliya boʻlimi tomonidan qonunda belgilangan talablarga muvofiq o‘rganildi. Dastlab xonadonning eski kadastr hujjatlari arxivdan olininb, kerakli ma’lumotlar to‘plandi. Oʻrganish jarayonida Y.Abdiyevning e’tirozlari oʻz tasdigʻini topdi. Kadastr hujjatlarida fuqaroga tegishli yer maydoni 16,5 sotix ekanligi ma’lum bo‘ldi.
O‘rganish davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman hokimligiga 2020-yil 29-iyunda chiqarilgan tuman hokimining qarorini bekor qilish yuzasidan taqdimnoma kiritildi.
Tuman adliya boʻlimining sa’y-harakatlari bilan fuqaro Y.Abdiyevning qonuniy mulki qaytarildi.
- Adliya bo‘limidan minnatdorman, murojaatim e’tibordan chetda qolmadi, tashkilotma-tashkilot ancha sarson bo‘lgan edim. Mana, hal qilsa bo‘lar ekan. Adliya xodimlari menga huquqlarimni ham tushuntirishdi, mulkimni qaytarishda katta yordam berishdi,- deydi Y.Abdiyev.
Ha, har bir murojaat adliya e’tiborida. Bu esa fuqarolar adliya idoralari faoliyatidan rozi bo‘lishi kerak degan tamoyilni royobga chiqarishda muhim qadamdir.
Sh.N.Tamirbayev,
Sardoba tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi