Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Vijdon erkinligi – diniy erkinligimiz kafolati


O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 31-moddasida har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega ekanligi, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Darhaqiqat, din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismi hisoblanadi. Ularning mazmun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlarga ega bo‘lish hayotiy-amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni har bir shaxsning vijdon erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’i nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda mustahkam huquqiy asosdir. 

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi, viloyat hokimligi va O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Sirdaryo viloyat vakilligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar mazkur Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadiga qaratildi. 

Tadbirda viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 75 ta diniy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Mazkur Qonunda mavjud ortiqcha tartib-taomillar va eskirgan tartibga solish mexanizmlariga chek qo‘yishga qaratilgan qat’iy normalar o‘z aksini topgan.

Shuningdek, Qonun bilan shaxslarning vijdon erkinligini to‘liq ta’minlash va diniy tashkilotlar faoliyatiga ko‘maklashish masalasida muhim yengilliklar nazarda tutildi.

Tadbirda vijdon erkinligini ta’minlash sohasidagi asosiy ustuvorliklar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirilib, konfessiyalar o‘rtasida tinchlik va totuvlikni ta’minlash, dunyoviy davlatchilik tamoyilini kafolatlash, shuningdek, aholi ongi va qalbiga yot g‘oyalarning singdirilishiga qarshi ma’rifat yo‘li bilan kurashish muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda ushbu prinsiplar mazkur Qonun bilan mustahkamlanganligi alohida ta’kidlandi. 

 Seminarda viloyat hokimining o‘rinbosari I.Muminov, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

 Tadbir yakunida ishtirokchilarga Qonun mazmun-mohiyati aks etgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi