Янгиликлар
Xalq ta’limi tizimida islohatlar davom etmoqda
O’zbekiston Respublikasi Respublikasi Prezidentining 2022 yil 03 fevraldagi
“Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi F-22-son farmoyishi e’lon qilindi.
Farmoyishda Xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish, sohaga doir yangi tashabbuslarni ilgari surish va ularni qo’llab-quvvatlash, ta’lim va tarbiya sifatiga bevosita va bilvosita ta’sir etishi mumkin bo’lgan masalalarni hal qilish, davlat organlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish ko’zda tutilgan.
Farmoyish bilan Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo’yicha milliy kengash, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (hududiy kengashlar) kengashlari va tuman (shahar) kengashlari tashkil etildi.
Ushbu farmoyishda milliy kengashning asosiy vazifalari quyidagicha belgilab berildi.
Hududiy kengashlar tuman (shahar) kengashlari bilan birgalikda 2022 yil 15 fevralga qadar umumiy o’rta ta’lim muassasalari direktorlari, pedogog kadrlar, o’quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar va xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo’yicha tuman (shahar) kesimida yillik hududiy dasturlarni ishlab chiqishi va keng muhokama uchun rasmiy veb-saytlar, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirishlari, 2022 yil 1 martga qadar muhokama doirasida kelib tushgan takliflardan kelib chiqib qayta ishlangan hududiy dasturlarni tegishlicha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’g’ori Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga taqdim etishi, 2022 yil 5 martga qadar hududiy dasturlarni tasdiqlab, Milliy kengashga kiritishi, har oyning 20-sanasiga qadar hududiy dasturlar ijrosi bo’yicha hisobotini hamda xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo’yicha taklif va tashabbuslarini Respublika shtabiga kiritishlari belgilab qo’yildi.
Hududiy dasturlarni ishlab chiqish va keng muhokama jarayonlarida o’quvchilarning ota-onalari, malakali mutaxassislar, xorijiy ekspertlar va keng jamoatchilikning ishtirok etishi xalq ta’limi tizimini isloh qilishda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yangiyer shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev.
Yangiyer shahar hokimligi matbuot xizmati