Янгиликлар
15
Sirdaryoda nodavlat notijorat tashkilotlar safi kengaymoqda
“Mirzaobodlik ishbilarmon ayollar” nodavlat notijorat tashkiloti Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Ayollar, yoshlar va faxriylarni jamiyatning ijtimoiy va ma'naviy muammolarni hal qilishga qodir barkamol shaxslar sifatida tarbiyalash, shuningdek, ayniqsa, yoshlar va ayollar tashabbuslarini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashga qaratilgan axborot-ma'rifiy, madaniy dasturlar va loyhalarga jalb qilish ushbu tashkilotning asosiy maqsadi hisoblanadi.