Янгиликлар
15
Sirdaryo viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlar soni yana bittaga ko‘paydi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston yong‘in o‘chiruvchilari va qutqaruvchilar sporti Federatsiyasi Sirdaryo viloyat bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Mazkur tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi viloyat hududida yog‘in- qutqaruv sporti, qutqaruvchilar ko‘pkurashi, yosh qutqaruvchi sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, sport orqali aholi, ayniqsa yoshlarni yong‘in o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, ularni sport yo‘lida birlashtirish, yong‘in-qutqaruv sporti, qutqaruvchilar ko‘pkurashi, yosh qutqaruvchi, shuningdek, Favqulotda vaziyatlar vazirligi tizimida Sirdaryo viloyati hududi doirasida tashkil etiladigan boshqa har qanday sport turlari bo‘yicha madaniy-ma’rifiy, jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport tadbirlarini o‘tkazish va bu borada targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdan iborat.