Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

Sayyor qabul - muammolarga huquqiy yechim


Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Mirzo Ulug’bek” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida fuqarolardan turli mazmunda 12 ta murojaatlar kelib tushdi.  

Jumladan, M.Radjabova, G. Maxmudova, I.Alibekov pensiya tayinlashda amaliy yordam so‘radi.

 Mazkur murojaatlarga “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuni mazmu-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslardan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun yer ajratish, uy-joy, moddiy yordam, ijtimoiy nafaqa, subsidiya olish, ish haqini undirish kabi masalalrda murojaatlat tinglandi.

Sayyor qabulda 3 ta murojaat o‘rganib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

Sayyor qabulda murojaatchilarning asosiy qismini xotin-qizlar tashkil etdi. Shu bois, muloqotlar davomida xotin-qizlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, "Ayollar daftari", "Temir daftar", ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari kabi masalalrda zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi