Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbiri doirasida Boyovut tumanida seminar o'tkazildi


Xabaringiz bor, joriy yilning fevral-mart oylarida Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlariga start berildi.

Boyovut tuman adliya bo‘limi hamda mahalla va oilani qol‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan seminarda “Sadriddin Ayniy”, “A.Temur” va “Do‘stlik” mahallalaridan xotin-qizlar tashrif buyurishdi.
Tadbirda gender tengligi, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish, ayollarning mehnatga oid huquqlari, ayollarni monomarkazlarda kasbga qayta tayyorlash, ayollarni ijtimoiy himoya qilish, oilada ayollar va bolalar huquqlari kabi mavzularda ma’ruzalar qilindi.

      Shundan so‘ng, tadbirning savol-javoblar qismiga o‘tildi. Tadbir ochiq muloqot tarzida  davom etgani xotin-qizlarning turli hayotiy zarur masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar olishiga zamin yaratdi. Tuman adliya bo‘limi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Ichki ishlar bo‘limi, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtigan savollariga tegishli javoblar berildi.

     “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida joylarda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda. 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi