Янгиликлар
15
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolar bilan suhbat oʻtkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarorida belgilanganidek, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan bepul yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan bu borada chora-tadbirlar belgilanib, tizimli ishlar yo'lga qo'yildi.
Joriy yilning 2022-yilning 15-fevral kuni markaz xodimlari Guliston shahar "Namuna" mahalla raisi Sanoat Turdimurotova va Bandlik inspektori Fotima Ergasheva bilan birgalikda Madaniyat ko’chasida yashovchi Mubina va Shukrona Idiyevalarning xonadonlariga tashrif buyurib, yoshlar bilan suhbatlashildi.
Muloqot mobaynida yoshlarning muammolari o'rganildi, shuningdek, yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ta'lim olishi, davolananishi va boshqa imtiyozlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv yakunida Markaz xodimlari tomonidan bolalarga kitoblar va o’quv qurollari taqdim qilindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi