Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Islohotlar mohiyatida inson manfaatlari mujassam


So‘nggi yillarda ijtimoiy himoyaga doir qonunlar yanada takomillashtirilmoqda va nogironligi boʼlgan shaxslarga keng imtiyozlar va imkoniyatlar qonunchiligimizda belgilanmoqda.

Buning isboti sifatida, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida” 1993 yil 3-sentyabrdagi O‘RQ-938-sonli Qonuning tegishli moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Qonuning 15-moddasiga koʼra Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironlari deb topilgan shaxslarga tayinlanadi, deyilgan. Endilikda yangi tartibga asosan nogironlik pensiyalari Chernobil АESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi, deb belgilandi.

Qonuning 19-moddasi 3-qismi a)-bandi Bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki 18 yoshdan katta bo‘lsa, agar ular

18 yoshga to‘lguniga qadar nogironligi bor bola bo‘lib qolgan bo‘lsa. Bunda basharti, agar aka-ukalar, opa-singillar va nabiralarning mehnatga qobiliyatli ota-onasi bo‘lmasa,

Shu kabi, 37-moddaning birinchi qismi d)-bandi 1 guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muxtoj bo‘lgan

80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt, deb belgilandi. Аvvalgi Qonunga koʼra, bu 16 yosh edi.

Shuningdek, bundan keyin Taʼlim tashkilotlarining o‘quvchilari va talabalari o‘qishning butun davri davomida, biroq, 23 yoshga to‘lguniga qadar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini olish huquqiga egaligi mustahkamlandi.

Bundan tashqari, 47-moddasining 2-qismi quyidagi tartibda belgilandi, O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishi munosabati bilan cheklovchi choralar (karantin) joriy etilganda, agar fuqarolar cheklovchi choralar (karantin) davrida yoki ular tugatilgandan keyin pensiya tayinlashni so‘rab bir oy ichida murojaat qilgan bo‘lsa, ularga pensiya uni olish huquqi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran tayinlanadi, deb belgilanmoqda Qonunga muvofiq.

Shirin shahar adliya bo‘limiga ijtimoiy himoyaga doir qonunlar ijrosi yuzasidan 2021-yil davomida jismoniy shaxslardan jami 18 ta murojaatlar kelib  tushdi, shundan 15 tasi qanoatlantirilib, 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Xulosa o‘rinda shuni taʼkidlashimiz mumkinki, Davlatimiz rahbarining keng ko‘lamli olib borayotgan ishlari qatorida nogironligi bo‘lgan yoki mehnat faoliyati davomida kasallik tufayli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga bunday imtiyozlarning berilishi bilan inson huquq va erkinliklarini yanada taʼminlanishiga erishilmoqda hamda bunday insonparvarlik prinsipiga asoslangan demokratik islohotlar davomli bo‘lishiga shubha yo‘q.

Bekzod G‘aybullaev,

Shirin shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi