Янгиликлар
Ish beruvchi tomonidan xodimlarga ta’tillarni berish vaqti va navbati haqida bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Konistitusiyasining 37- moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o‘tash tartibidan yoki qonunda ko‘rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.
Hamda yollanib ishlayotgan barcha fuqarolar dam olish huquqiga egadirlar. Ish vaqti va haq to‘lanadigan mehnat ta’tilining muddati qonun bilan belgilangan.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Mehant kodeksining 144-moddasida xodimlarga ta’tillarni berish vaqti va navbati ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra yillik ta’tillarni berish navbati kalendar yili boshlanguga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq belgilanadi.
Ta’til berish vaqti haqida xodim ta’til bolanishidan kamida o‘n besh kun oldin xabardor qilinish kerak.
Quyidagi xodimlarga ta’til ularning xoxishiga ko‘ra yozgi yoki ular uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtda berilishi kerak:
-o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bitta yoki undan ortiq bolani ( o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolani) tarbiyalayotgan yolg‘iz ota, yolg‘iz onaga ( beva erkaklar, beva ayollar, nikohdan ajrashganlar, yolg‘iz onalar) va muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarning xotinlariga :
-birinchi va ikkinchi guruh nogironlariga:
-1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari bo‘yicha ularga tenglashtirilgan shaxslarga:
-o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarga:
-ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan xoimlarga (250-modda):
-jamoa shartnomasi, kelishuvda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Ishlayotgan erkaklarga yillik ta’til ularning xoxishlariga binoan xotinlarining homiladorlik va tug‘ish ta’tili davrida beriladi.
Ta’tildan foydalanishning jadvalda belgilangan vaqti xodim bilan ish beruvchining kelishuviga binoan o‘zgartirilishi mumkin.
S.Xodjanazarov,
Guliston tuman “Madad” NNT Huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi