Янгиликлар
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Adliya boshqarmasi tomonidan 2021 yil davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Hay’at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Qayd etilganidek, hisobot davrida boshqarma tarkibiy bo‘linmalari hamda tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 379 ta qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan kiritilgan 54 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, xulosa berildi.
Aniqlangan 27 166 ta qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarga 820 ta taqdimnoma, 2 438 ta ogohnoma hamda aybdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan 172 ta takliflar kiritildi.
Ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida 107 ta noqonuniy qarorlar bekor qilindi, 172 nafar shaxslarning ma’muriy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi, 537 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilib, shundan 31 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. Sudlarga 9 mlrd. 452 mln. so‘mlik 620 ta da’vo arizalari kiritildi. Kelib tushgan jami 3 514 ta murojaatlarning 3 200 dan ortig‘i qonuniy hal etildi. Aholining huquqiy ongini oshirish bo‘yicha 25 569 marotaba targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Majlisda faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarlarga alohida e’tibor qaratilib, tanqidiy tahlil qilindi, muammoli masalalar muhokama qilindi.
Hay’at majlisi yakunida yo‘l qo‘yilgan ushbu xato va kamchiliklarni bartaraf etish, kelgusida sohani takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash, takliflar ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi