Янгиликлар
TAYINLOV
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xolbayev Jaxongir O‘ktamovich Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - Sirdaryo viloyati yuridik texnikumining direktori lavozimiga tayinlandi.
Xolbayev Jaxongir O‘ktamovich 1978 yil 21 martda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.
U mehnat faoliyatini 1997 yilda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi tezkor vakili lavozimidan boshlagan.
J.Xolbayev 2018-2019 yillarda Mirzaobod tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi katta maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
J. Xolbayev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Xolbayev Jaxongir O‘ktamovichni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi hamda kelgusi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi