Янгиликлар
Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda
Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda yuridik xizmat ko‘rsatish sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturil amaldir. Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan 12 ta davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) bo‘linmalariga yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
Yangiyer shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududdagi davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. Ayniqsa, davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Markaz bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev tomonidan Yangiyer shaxar Xalq ta’limi bo‘limining ma’sul xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazilib dastlab “E-Huquqshunos” elektron tizimining imkoniyatlari tushuntirildi. Shuningdek, tadbirda sohaga oid yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 fevraldagi “ Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “ Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir davomida mehnat qonunchiligi, odob-axloq qoidalari, xotin-qizlar huquqlari to‘g‘risida atroflicha so‘z yuritildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi