Янгиликлар
11
"Ma'naviyat soati" samarali bo'ldi
Mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda. “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qaroriga muvofiq har bir mahallaning ID identifikasiya raqami va hududiy chegarasi ko‘rsatilgan yagona elektron ma’lumotlar bazasi joriy etilmoqda. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Timur Karimov mazkur qaror mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirdi.
Qaror bilan kam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, bola nafaqasi va moddiy yordam tayinlash shartlari, bola nafaqasi va moddiy yordam olish uchun murojaat qilish, uni ko‘rib chiqish va ularni to‘lash tartibi, bola nafaqasi va moddiy yordam uchun to‘lovlarni moliyalashtirish tartiblari joriy qilindi. Muloqotda qarorning shu kabi muhim jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tadbirda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Кam ta’minlangan oilalarni «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam ta’minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablari xususida ham atroflicha so‘z yuritildi.
"Ma'naviyat soati" samarali bo‘ldi. O‘zaro savol-javoblar asosida xodimlarning qonunchilikka oid yangiliklardan xabardorligi yanada oshirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqaramsi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi