Янгиликлар
Sayyor qabullar aholi muammolariga huquqiy yechim topishda muhim omil
Oqoltin tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida 2948 nafar aholi istiqomat qiladi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari S.Togʻayevning navbatdagi sayyor qabuli ushbu mahallada tashkil etildi. Sayyor qabulda Ma’rifat, Bog‘ko‘cha, Go‘zallik, Yangi avlod, Zilol suv, Samarqand koʻchalarida yashovchi aholi vakillari oʻz muammolari bilan murojaat etish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
“Ma’rifatʻ” koʻchasida istiqomat qiluvchi Xolida Oxunova oilasida qizi va uning 3 nafar farzandlari bilan yashayotganliklari, moddiy yordam olmasligi, hech qayerda ishlamayotganligi, 15 yildan buyon turmush o'rtog'i bilan yashamasligi, 2-guruh nogironligi bo'yicha yaqinda nafaqaga chiqqanligi, shu bois davolanish uchun order olishda amaliy yordam berishni so‘rab murojaat qildi.
Tadbirda aholining barcha muammolarini shu joyning oʻzida yechishga harakat qilindi. Masalan, fuqaro Tursunoy G‘ofurovaning savdo do'koni sotib olish uchun kredit olish boʻyicha murojaatiga sayyor qabulda ishtirok etayotgan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida yechim izlandi.
Fuqarolar D.Mamatqulova, M.Musayeva, G.Ummatova, F.Ziyodullayeva, M.Sarimsoqova, Z.Olimova, D.Nazarovalarning bandligini ta’minlashda amaliy yordam beriladigan boʻldi.
Sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Kelib tushgan murojaatlarning 10 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, 20 ta murojaat oʻrganib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb 2 oy” tadbirlari o'tkaziyayotganligi munosabati bilan sayyor qabulda ishtirok etayotgan xotin-qizlarga ularning huquqlari batafsil tushuntirildi. Shuningdek, tadbir davomida aholi qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilindi. Moddiy yordam, kredit olish, mehnat qonunchiligi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish uchun yer maydoni ajratish, nafaqa tayinlash kabi hayotiy dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi