Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb 2 oy” tadbiri doirasida sayyor qabul o'tkazildi


Sayyor qabullar aholi murojaatlari bilan ishlashda yanada yangicha ma’no-mazmun kasb etmoqda. Eng muhimi, xalq bilan ochiq muloqot qilish orqali joylarda to‘planib qolgan muammolarga yechim topilyapti, qolaversa fuqarolar yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘layotir. 

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb 2 oy” e’lon qilingan. Oylik doirasida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, ularning huquqlarini tushuntirish bo‘yicha sayyor qabullar o‘tkazilishiga ham alohida e’tibor qaratilgan. 

Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan “Amir Temur” mahallasida o‘tkazilgan sayyor qabulga ham asosan xotin-qizlar jalb qilindi.

 Sayyor qabul davomida 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 6 ta murojaat huquqiy tushuntirish berilib, 3 ta murojaat ish yurituvga olindi.

Jumladan, fuqarolar G.O‘rinboyevaning moddiy yordam olish, G.Amanlikovaning aliment undirish masalasidagi murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Fuqaro Sh.Amanlikovaning xizmat safari jarajatlari to‘lab berilmaganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqish uchun Shirin shahar adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Sayyor qabul davomida aholining tadbirkorlik faoliyati, yer munosabatlari, uy-joy, moddiy yordam, nafaqa olish, uy-joy uchun subsidiya olish, pensiyaga chiqish, ish haqini undirish va boshqa sohalardagi muammolar bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, tadbir mobaynida qonunchilikka oid yangiliklar mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi