Янгиликлар
Bir_murojaat_izidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim dasturilamaldir.
Qarorga asosan 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borilishi, bunda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining kamida S1 darajadagi xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bog‘liq xarajatlari Davlat byudjetidan pedagog kadrlar malakasini oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan qoplanishi belgilangan. Mazkur qaror ijrosi Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda, tuman XTB tomonidan 24 nafar S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchilariga qo‘shimcha ustama haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Shungan ko‘ra, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 24 nafar S1 darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan rus tili fani o‘qituvchilariga har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama xaqi to‘lab berish yuzasidan tuman xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i nomiga taqdimnoma kiritildi.
Biroq, taqdimnoma ijrosi ta’minlanmagach, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga ariza kiritildi.
Natijada, sud buyrug‘i bilan 24 nafar xodimning 93.919.308 so‘m ustama haqlari undirilishi belgilandi.
Farhod Siddikov,
Sayxunobod tuman adliya bo'limi bosh maslahatchisi