Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bir_murojaat_izidan


Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim bo‘limida ish haqi va boshqa to‘lovlarning xodimlarga to‘lanishi ahvoli monitoring o‘tkazish yoʻli bilan oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida, Sirdaryo tuman maktabgacha taʼlim bo‘limiga qarashli                   1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi Sh.Abdumalikova, N.Aripova, D.Umarova va Oʻ.Egamberdiyevalarga maktabgacha taʼlim bo'limidan olingan maʼlumotga asosan to'lanishi lozim bo’lgan jami 20 724 000 so‘m, 6-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi L.Kurbanovaga 8 132 000 so‘m, 7-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi V.Karimovaga 8 034 000 so‘m, 18-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi N.Togʻayevaga 4 228 000 so‘m, 20-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi H.Islomovaga 8 048 000 so‘m, 28-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi N.Mirzayeva, M.Shakirova va H.Nuraliyevalarga jami 15 148 000 so‘m hamda 31-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi Z.Tadjibayevaga 5 062 000 so‘m homiladorlik va tug'ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat Sirdaryo tuman maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan mehnat shartnomasi hamda 2002-yil 1-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 21-sonli buyrygʻi bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari bajarilmaganligini ko‘rsatadi.

Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga koʻra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan maktabgacha ta‘lim bo‘limi tasarrufidagi tashkilotlarning 12 nafar xodimlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullarini boʻlim hisobidan undirish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning muammolariga yechim topildi. Sud buyrug‘iga asosan Sirdaryo tuman maktabgacha ta’lim bo‘limidan fuqarolar Sh.Abdumalikova, N.Aripova, D.Umarova va Oʻ.Egamberdiyevalarga jami 20 724 000 so‘m, L.Kurbanovaga 8 132 000 so‘m, V.Karimovaga 8 034 000 so‘m, N.Togʻayevaga 4 228 000 so‘m, H.Islomovaga 8 048 000 so‘m, N.Mirzayeva, M.Shakirova va H.Nuraliyevalarga jami 15 148 000 so‘m hamda Z.Tadjibayevaga 5 062 000 so‘m ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar undirilishi belgilandi.


Sodiqjon Hamroyev, Sirdaryo tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi