Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Bir_murojaat_izidan


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ rahbari T.Davirboyevning Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK tomonidan shatnoma majburiyatlari bajarilmay kelinayotganidan norozi bo'lib qilgan murojaati o'rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, “UNION STATION SERVISE” MCHJ bilan Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK oʻrtasida mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzilgan.

Shartnomaga asosan, unga asosan haq evaziga xizmat koʻrsatish shartnomasi boʻyicha “Sotuvchi” “Xaridor”ning topshirigʻiga koʻra, qurilish mahsulotlari uchun haq toʻlash majburiyatini, buyurtmachi esa ushbu mahsulotlar uchun haq to'lash majburiyatini olishi nazarda tutilgan bo'lib, shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan mahsulot belgilangan shartnomaviy narxlar haqiqiy xarajatlar kalkulyatsiyasiga asosan oʻzgarishi mumkinligi, shartnoma boʻyicha realizatsiya qilinayotgan tovarning haqiqiy bahosi tovar yetkazib berilganda taqdim etiladigan hisob-fakturaga asosan toʻlanishi belgilangan. 

Oʻrganish davomida masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasiga koʻra, korxonaga jami 52 516 500 soʻmlik mahsulot yetkazib berilganligi, jamiyat tomonidan yetkazib berilgan mahsulot haqini toʻlab berish yuzasidan korxonaga talabnoma yuborilgan boʻlsa-da, korxona tomonidan toʻlab berish choralari koʻrilmaganligi, natijada korxona jamiyatdan 52 516 500 soʻm qarzdor ekanligi maʼlum boʻldi.

Ushbu qarzdorlik taraflar oʻrtasida tuzilgan taqqoslash dalolatnomasida ham oʻz aksini topdi.

Vaholanki, Fuqarolik kodeksining 236-moddasiga asosan majburiyatlar majburiyat shartlariga va qonunchilik talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar boʻlmaganida esa – ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak. 

Shuningdek, Kodeksning 263-moddasiga muvofiq, neustoyka toʻlash taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan yoki tutilmaganidan qatʼiy nazar, kreditor qonunda belgilangan neustoyka (qonuniy neustoyka)ni toʻlashni talab qilishga haqli. 

Yuqoridagilarga asosan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ manfaatida Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritildi. 

Qayd etilganlarga asoslanib, mazkur daʼvo arizasi qanoatlantirildi, sud qarori bilan Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK hisobidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ foydasiga 52 516 500 soʻm asosiy qarz va 7 800 000 soʻm penya, jami 60 316 500 soʻm undirilishi belgilandi.

(Ma'lumot uchun: Shartnomada belgilangan majburiyatlar bajarilmagani sababli Adliya ko'magi bilan 2021 yil 11 noyabrdagi sudning hal qiluv qaroriga asosan Sirdaryo taʼmirlash tiklash xizmati DUK hisobidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ foydasiga 72 300 200 soʻm asosiy qarz va 8 000 000 soʻm penya, jami 80 300 200 soʻm undirilgan edi.)


Sherdor Rasulov, 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi ijtimoiy iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish bosh maslahatchisi