Янгиликлар
Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasida tuman adliya boʻlimi boshligʻi A.Xalmatov axborot berdi
Boyovut tuman hokimligida Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashining oʻttiz toʻrtinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyada tuman adliya boʻlimi boshligʻi Atabek Xalmatov norma ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha 2021-yil davomida Boʻlim tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.
Taʼkidlanganidek, Boʻlim tomonidan mazkur davr mobaynida 11 ta tuman darajasidagi davlat organlari va tshkilotlarida o'rganishlar, 18 marotaba monitoringlar o'tkazilib, 521 ta qonunbuzilishlar aniqlangan. Natijasiga ko'ra, 159 ta ogohnoma, 19 ta taqdimnoma, 12 ta da'vo, 6 ta maʼmuriy takliflar kiritildi.
Kiritilgan ta'sir choralariga natijasida 8 nafar mas'ul intizomiy, 7 nafar mas'ul ma'muriy javobgarlikka tortildi. javobgarlikka tortildi, 3 mingdan ortiq fuqarolarga 5 mlrddan ortiq pul mablag'lari undirib berildi.
2021-yil davomida jami 1244-ta normativ huquqiy hujjatlar elektron shaklda tuman darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yetkazildi.
Normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan tegishli tashkilotlar ishtirokida 2741 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, 30440 nafar tinglovchilar qamrab olindi.
Sessiyada Xalq deputatlari Sirdaryo tuman kengashi deputatlari, tuman sektor rahbarlari, tegishli tashkilot rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi