Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Safarboy Ulashevich Togʻayev “Veteran” Birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Safarboy Ulashevich Togʻayev “Veteran” Birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Kengashi tomonidan yoshlarni vatanparvarlik, mardlik va elu yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, jangovar harakatlar qatnashchilari boʻlgan jangchi-faxriylarni ijtimoiy himoya qilish, ularni sharaflash, halok boʻlgan jangchilar oila aʼzolariga koʻmaklashish va Birlashmani qoʻllab-quvvatlash borasidagi xizmatlari eʼtiborga olinib, bir qator faollar qatori Safarboy Togʻayev mazkur koʻkrak nishoniga munosib topildi.

Koʻkrak nishonini topshirishga bagʻishlangan tadbirda S.Togʻayevning tajribasi va ibratli faoliyati alohida eʼtirof etildi.


Boshqarma jamoasi Safarboy Ulashevich Togʻayevni ushbu mukofot bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi faoliyatida ulkan omad va zafarlar tilaydi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi