Янгиликлар
Bir_murojaat_izidan
Dilnoza Usmonova “Sirdaryo IES” АJda ishlaydi. Uni bosh direktorning 2021-yil 17-noyabrdagi buyrugʼi bilan Issiqlik avtomatikasi va oʼlchovlar sexining 0,5 stavka oʼquvchisi lavozimidan vaqtincha Yoqilgʼi transport sexiga nasos uskunalari mashinisti stajyori lavozimiga toʼliq stavkaga o'tkazishdi.
D.Usmonova endi tunggi vaqtda ishlashiga to‘g ‘ri keladi. Ammo u bunday noqulay sharoitda ishlalmaydi, uning 2 yoshga to’lmagan farzandi bor. Bolaga esa qarov kerak. Boisi, 2020 yil 5 sentyabrda tugʼilgan farzandi А.Usmonov o‘tkir o‘ng tomonlama bronxopnevmoniya, bronxlarning obstraktiv sindormi tashxisi bilan doimiy shifikor kuzatuvida.
Bu borada D.Usmonova adliya ko‘magiga tayandi. Sharoit, mavjud vaziyatni tushuntirib huquqiy va amaliy yordam so‘radi. Fuqaroning ushbu yozma murojaati Shirin shahar adliya boʼlimi tomonidan qonun talablari asosida oʼrganib chiqildi.
O‘rganish davomida fuqaro D.Usmonovaning farzandi 2 yoshga to‘lmaganligi ma'lum bo'ldi. Shirin shahar tibbiyot birlashmasining kuzatuv xati bilan yuborilgan maʼlumotda, haqiqatdan ham farzandi А.Usmonov o‘tkir o‘ng tomonlama bronxopnevmoniya, bronxlarning obstraktiv sindormi bilan kasallanganligi, bola doimiy kuzatuvda boʼlishi qayd etilgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 227-moddasida Ikki yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarishi mumkin bo‘lmagan taqdirda, bolasi ikki yoshga to‘lgunga qadar avvalgi ishidagi o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining ta’siridan xoli bo‘lgan ishga o‘tkaziladi, deyilgan.
Bundan tashqari, 228-moddasida Homilador ayollarni va o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogiron bolasi) bor ayollarni ularning roziligisiz tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilishga va xizmat safariga yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shu bilan birga homilador ayollarni va uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni tungi ishlarga jalb qilishga bunday ish ona va bolaning sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirmasligini tasdiqlovchi tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yiladi, deyilgan.
Yuqoridagilarga asosanib, adliya boʼlimi tomonidan D.Usmonovani boshqa lavozimga oʼtkazish yuzasidan “Sirdaryo IES” АJga taqdimnoma kiritildi. Natijada Aksiyadorlik jamiyatida yoqilg‘i transport sexi nasos uskunalari mashinisti stajyori lavozimida vaqtincha ishlab kelayotgan D.Usmonova boshqa lavozimga ishga o‘tkazildi.
Adliya ko‘magi bilan murojaat qanoatlantirildi, eng muhimi bir ayolning, bir xodimning huquqi himoya qilindi.
Bekzod G‘aybullayev,
Shirin shahar adliya bo‘limi bosh maslahatchisi