Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida “Huquqiy axborot kuni” o‘tkazildi


Aholininig huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kundalik hayotidagi keng tarqalgan muammolarni, shu jumladan, sud tahlillari orqali maqsadli targ‘ibot qilish hamda Sayxunobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Tuman adliya bo'limi, Sayxunobod tumanidagi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sayxunobod tuman bo‘limi, Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sayxunobod tumani filiali mas’ul xodimlari ishtirokida “Nurli yo‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan sayyor qabul - “Huquqiy axborot kuni” o‘tkazildi.

  Uchrashuv jarayonida kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish, chorvachilik, parrandachilik, limon yetishtirish sohalarida imtiyozli kredit va subsidiya ajratish tartibi, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, doimiy ishsiz fuqarolarga “Temir daftar” asosida yordam berish, nafaqalar berish tartibi tushuntirib o‘tildi.

  Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Temir daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslarga, uy-joy sharoitlarni yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari va ularning oila a’zolariga davlat dasturlari doirasida qurilgan ko‘p kvartirali uylardan xonadonlar ajratish, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan talabgorlarni saralab olish shartlari haqida zarur huquqiy maslahatlar berildi.

  Bundan tashqari, jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha yer munosabatlarga oid qonun hujjatlaridagi yangilik (auksion orqali yer olish tartibi va h.k) lar to'g'risida aholiga batafsil tushuntirildi.

  O‘tkazilgan tadbir jarayonida fuqarolardan kelib tushgan 15 ta murojaatlardan 10 tasiga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, 5 ta murojaatlar ijro uchun qabul qilib olindi.


N.Tagirov,

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi boshlig‘i