Янгиликлар
05
“Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyili asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligi taʼminlanadi
2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida mamlakatimizning rivojlanish tendensiyalari, bu boradagi ustuvor vazifalar belgilangan boʻlib, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligi taʼminlanadi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi maʼrifat soatida “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati targʻib qilindi. Tadbirda Guliston davlat universiteti katta oʻqituvchisi Yoʻldosh Karimov maʼruza bilan ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, Taraqqiyot strategiyasida mahallani jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, xalq bilan muloqot tizimini takomillashtirish, hududiy dasturlarni jamoatchilik fikri asosida amalga oshirish, xotin-qizlarning oʻqishi va ishlashi uchun imkoniyatlarni yanada kengaytirish orqali ular orasidagi ishsizlikni 2 baravarga qisqartirish, mulk huquqini ishonchli himoya qilish, maʼmuriy sudlar vakolatlarini kengaytirish orqali fuqaro va tadbirkorlar huquqlarini kafolatli taʼminlash, yoʻllarda xavfsiz sharoit yaratish, transport hodisalari va oʻlim holatlarini keskin qisqartirish uchun harakatlarni boshqarishni toʻliq raqamlashtirish, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlash, mustaqilligimizni mustahkamlash, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlash, iqtisodiyot tarmoqlarini kompleks va jadal rivojlantirish, zamonaviy ish oʻrinlari yaratish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha koʻplab chora-tadbirlar belgilangan.
Muloqot davomida 7 ta ustuvor yoʻnalish va 100 ta maqsaddan iborat Taraqqiyot strategiyasining muhim jihatlariga alohida toʻxtalib oʻtildi. Tadbir savol-javob, munozaralarga boy boʻldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi