Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Adliya organlari: Jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq “Adliya organlari: jamiyat ehtiyoji asosiy omil” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, veb-sayt adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdi.
Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad adliya organlari tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan OAV vakillari, ular orqali keng jamoatchilikka axborot berish, ularning xalq oldidagi masʼuliyatini yanada oshirishga qaratilgan.
Dastlab tadbirda boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari v.b. Adham Shayjigitov anjuman ishtirokchilariga boshqarma tomonidan 2021-yil davrida inson huquqlarini himoya qilish, huquqiy targ'ibot, norma ijodkorligi va huquqni qo'llash amayoti sohalarida amalga oshirilgan ishlar, adliya sohasidagi islohotlar va joriy etilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berdi.
Shundan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sirdaryo viloyat boʻlimi yetakchi eksperti Bahodir Axmedov Markazning rivojlanish tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida maʼruza qildi.

Viloyatda tashkil etilgan ushbu boʻlimda dastlab, «Yoʻl transport hodisalari jarayonini matematik uslublar bilan tadqiqot qilish” ekspertizasi oʻtkazilgan boʻlsa, qisqa vaqt ichida “Transport vositalari, ularning ayrim qismlarining texnik holatini tadqiqot qilish” va “Transport-izshunoslik” ekspertizalari, “Sudga oid iqtisodiy”, “Sud qurilish-texnik”, “Sudga oid tovarshunoslik” ekspertizalarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan. 

Matbuot anjumanida boʻlim tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida joriy etilgan amaliyot xususida toʻxtalib oʻtildi.

 Shuningdek, tadbir davomida Boyovut tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Lochin Boltayev “E-notarius” portalining afzalliklari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi. 

-Mazkur portal keng imkoniyatlarga ega boʻlib, murojaat qiluvchilar notarius qabuliga elektron tarzda yozilish, murojaatlar qoldirish, xizmatlar boʻyicha kerakli maʼlumotlarni olishi va oʻzlariga kerakli bir necha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin, - dedi L.Boltayev oʻz maʼruzasida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son Farmonida ham zamonaviy talablar, ilgʻor xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni taʼminlash belgilangan.Shu maqsadda yurdik texnikumlarda taʼlim sifatini oshirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Tadbirda Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining oʻquv ishlari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Jahongir Xalbayev bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Matbuot anjumani qizgʻin savol-javoblar asosida oʻtdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha xodimlari tomonidan javoblar va huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi