Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida ishlaydigan 6 nafar xodimga homiladorlik va tug'ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lab beriladigan bo‘ldi


Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha taʼlim bo‘limida ish haqi va boshqa to‘lovlarning xodimlarga to‘lanishi ahvoli monitoring o‘tkazish yoʻli bilan oʻrganildi.

Oʻrganish jarayonida, Oqoltin tuman maktabgacha taʼlim bo‘limiga qarashli 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi Сh.Ko‘charovaga maktabgacha taʼlim bo'limidan olingan maʼlumotga asosan 2021-yil 26-dekabr holatiga to'lanishi lozim bo'lgan  5 154 000  so‘m, 9-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi Z.Mo'minovaga 3 509 000  so‘m, 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi S.Muxammadovaga 2 818 000  so‘m, 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi B.Abdiraximovaga 5 481 000  so‘m, 4-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi O.Yuldoshevaga 3 867 000  so‘m, 11-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchi Sh.Qodirjonovaga 6 495 000 so‘m homiladorlik va tug'ish bo‘yicha nafaqa pullari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Mazkur holat Oqoltin tuman maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan mehnat shartnomasi hamda 2002-yil 1-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 21-sonli buyrygʻi bilan tasdiqlangan “Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari bajarilmaganligini ko‘rsatadi.

Binobarin, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga koʻra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qatʼiy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʻrsatilgan muddatlarda toʻlashi shartligi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Oqoltin tuman adliya bo‘limi tomonidan maktabgacha ta‘lim bo‘limi tasarrufidagi tashkilotlarning 6 nafar xodimlariga to‘lanishi lozim bo‘lgan homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa pullarini boʻlim hisobidan undirish yuzasidan  Fuqarolik ishlari bo‘yicha Oqoltin tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Adliya aralashuvi bilan fuqarolarning muammolariga yechim topildi. Sud buyrug‘iga asosan Oqoltin tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limidan fuqarolar Сh.Ko‘charovaga 5 154 000  so‘m, Z.Mo’minovaga 3 509 000  so‘m, S.Muxammadovaga 2 818 000  so‘m, B.Abdiraximovaga 5 481 000  so‘m, O.Yuldoshevaga 3 867 000  so‘m, Sh.Qodirjonovaga 6 495 000 so‘m ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar undirilishi belgilandi.

Hokimbek Erkaboyev,

Oqoltin tuman adliya bo‘limi boshlig‘i