Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Xalq bilan yuzma-yuz


Davlatimiz rahbarining aholining murojaatlari orqali joylardagi vaziyatni oʻrganib, mahallalar qiyofasini va ijtimoiy muhitini yaxshilash boʻyicha topshirigʻi asosida Sirdaryo viloyatida ham ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli nisbatan ogʻir boʻlgan 22 ta mahallani obod manzilga aylantirish ishlar davom emoqda. Ana shu ezgu maqsadda navbatdagi ommaviy sayyor qabul Sardoba tumani “Birlashgan” mahallasida tashkil etildi. 

Tadbirda sektor rahbarlari, mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari, Adliya boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuv mobaynida uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish, yoshga doir pensiyaga chiqish, dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun yer maydoni olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit olish, moddiy yordam, fuqarolik pasporti olish kabi masalalarda fuqarolardan 45 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan 22 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 23 ta murojaat adliya boshqarmasi ish yurituviga olindi.

Ommaviy sayyor qabul aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish imkonini ham berdi. Jarayonda davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qilish, ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish tartiblari, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni, mehnat qonunchiligi batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, tadbirda aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi