Янгиликлар
Hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida huquq ustuvorligini ta’minlash holatini aniqlashning samarali mexanizmini joriy etish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi qaroriga asosan respeblika hududlarida huquq ustuvorligining ta’minlanganlik holatini reyting asosida baholovchi Hududlarning huquq ustuvorligi indeksi joriy etilgan bo’lib, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan “Huquq ustuvorligi” AATga har yili 1-fevralga qadar kiritiladigan statistik ma’lumotlar hamda o’tkaziladigan so'rovlar asosida aniqlanadi. Shuningdek, Vazirlar mahkamasining 2020-yil 8-yanvardagi “Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “Business indikator” AAT orqali hududlarning tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini hisoblash va baholash ishlari har olti oyda amalga oshiriladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan seminarda hududlarning huquq ustuvorligi indeksini aniqlash masalalari muhokamalar markazida bo'ldi. ZOOM platformasi orqali tuman (shahar) adliya bo'limlari uchun tashkil etilgan mazkur seminarda tegishli statistik ma’lumotlarni ATTga kiritish, so'rovnomalar o'tkazish orqali hududlarda tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini aniqlash tartibi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limi mas’ul xodimlari tomonidan batafsil tushuntirildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi