Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

So'ragan edingiz...


SAVOL: Men magistrantman, viloyatdagi ta'lim muassaslaridan birida dars beraman. Muassasa rahbari magistratura talabasi to‘liq stavkada ishlashi mumkin emas deb, 0,5 stavka yuklamani topshirishimni aytdi. Rahbarning bu talabi qonuniymi, magistraturada o'qiyotgan talaba to'liq stavkada ishlashi mumkinmi, shu haqda huquqiy tushuntirish bersangiz?

D.Abdullayeva, Guliston shahri


JAVOB: Mehnat kodeksining (keyingi o‘rinlarda MK) 77-moddasiga ko‘ra o‘n olti yoshga to‘lgan har bir shaxs mehnat qilish huquqiga ega. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi  36-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi nizomga asosan Magistr o‘z mutaxassisligi, ilmiy va ilmiy-pedagogik tayyorgarligiga muvofiq kasbiy faoliyatiga doir ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishiga ruxsat berilgan.

Shuningdek, “Oliy ta’lim to'g‘risidagi” nizomning 50-bandida kunduzgi ta’lim shakli talabalari oliy ta’lim muassasasining o'zida yoki boshqa tashkilotda ishlashi mumkinligi qayd etilgan. 

Mehnat qonunchiligi bo'yicha talab qancha soatda ishlashi mumkinligi belgilab qo'yilmagan. Umumiy ish vaqti hisob-kitobidan kleib chiqib bir stavkda ishlashingiz mumkin. Mehnat Kodeksning 115-moddasiga muvofiq xodimning ish vaqti haftasiga 40 soatdan oshmasligi kerak. Yanada aniqroq aytadigan boʻlsak, 6 kunlik ish haftasi joriy etilgan korxona, muassasa, tashkilotlarda kunlik 7 soat, 5 kunlik ish haftasi joriy etilganlarda esa ish vaqti kunlik 8 soatdan ortiq boʻlmasligi shart. 

Bundan xulosa qilish mumkinki, magistratura bosqichida oʻqish davrida ham yozgi taʼtil davrida ham toʻliq stavkada ishlashingiz mumkin.

Ma’lumot uchun bildiralidiki, Mehnat Kodeksning 248-moddasida Ishlab chiqarishda kasbga doir ta’lim olayotgan, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda malakasini oshirayotgan yoki ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart. 

Shuningdek, ish beruvchi ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borayotgan xodimlar uchun bir qator imtiyozlar berishi lozim. 

Jumladan MK 249-moddasiga muvofiq ta’lim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlar mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda belgilangan tartibda:

1. ish joyidan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’tilga chiqish;

2. qisqartirilgan ish haftasi sharoitida ishlash va boshqa imtiyozlar olish huquqiga egadirlar.

Shunga ko‘ra, Sizning 1 stavka toʻliq ishlashingizga monelik qiladigan cheklovlar qonunchilikda mavjud emas.


Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Tashkiliy nazorat va tahlil ishlari bo'limi yetakchi maslahatchisi To'lqin Turdibekov javob berdi