Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Tabiiy gaz uchun hisoblangan noreal qarzdorlik olib tashlandi


Tabiiy gaz bebaho neʼmat. Undan samarali foydalanib toʻgʻri ishlatadigan boʻlsak, bu tabiiy boylik zahirasini kelajak avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo boʻladi.

Bugungi kunga kelib aholi sonining oshib borishi natijasida tabiiy gazga boʻlgan talab kundan kunga emas, soat sayin ortib bormoqda. Hayotimizni esa tabiiy gazsiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Ayniqsa, qishning qirovli kunlarida unga ehtiyoj yanada kuchayadi. 

Sirdaryo tumani Paxtakor mahallasida yashovchi fuqaro Rahimberdi Radjametovning xonadoni gaz tarmogʻidan uzilganiga ancha boʻldi. Boisi fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun qarzdorlik mavjud. Biroq fuqaroning hisob-qitobiga koʻra qarzdorik noreal hisoblangan. Bundan norozi boʻlgan R.Radjamatov Sirdaryo tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi. Mavjud holatni qonun doirasida oʻrganish va amaliy yordam berishni soʻradi. 

Mazkur murojaat adliya boʻlimi tomonidan oʻrganib chiqildi. “Billing Gaz” dasturidan olingan maʼlumotga asosan, fuqaro nomiga tabiiy gazdan noreal qarzdorlik hisoblangani aniqlandi.

 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish” Qoidalarining 92-bandida, isteʼmolchi oy tugaganidan soʻng 10 kun mobaynida isteʼmol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish priborlari koʻrsatkichlari yoki belgilangan meʼyorlar asosida toʻlovni amalga oshirishi belgilangan.

R.Radjamatovning taʼkidlashicha, isteʼmolchi sifatida u foydalanilgan ichimlik suvi, elektr energiyasi uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelmoqda, biroq, uning arizasiga asosan xonadoni tabiiy gazdan foydalanayotgan isteʼmolchilarning tarmogʻidan gaz taʼminotini toʻxtatish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga asosan 2013-yil 25-noyabr kuni tarmoqdan uzilgan. Shunga qaramay, 2021-yil 12-noyabr kungi abonent kartasidagi maʼlumotga asosan fuqaroning nomiga 2016-2019-yillar oraligʻida ortiqcha gaz sarfi kiritilgan. 

Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan ushbu aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida Hududgaz Sirdaryo gaz taʼminoti filialiga taqdimnoma kiritilib, R.Radjamatovning tabiiy gazdan qarzdorligi xatlovdan oʻtkazildi hamda adliya aralashuvi bilan 5323 m3 tabiiy gaz uchun hisoblangan noreal qarzdorlik olib tashlandi.


Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i