Янгиликлар
Mutolaa_zavqi
Amerikalik jamoat arbobi, publitsist, AQSHning 32-prezidenti Franklin Delano Ruzveltning rafiqasi va ayni vaqtda AQSHning 26-prezidenti Teodor Ruzveltning jiyani Anna Eleanor Ruzvelt Nyu-York shahrida tugʻilgan. Uning oilasi Amerika zodagonlaridan boʻlgani uchun kiborlarga xos hayotda ulgʻaygan. Eleanor bolaligidan yaxshi xulq-atvorli boʻlib, ot minishni mashq qilgan, sanʼatga qiziqqan, adabiyotni oʻrgangan. 1899-yilda Londonga, Ellensvud ayollar oʻrta maktabida tahsil olgan. Bu yerda Eleanora fanga boʻlgan qiziqishi ortgan, diniy-dunyoviy fanlarni oʻzlashtirgan, siyosatni oʻrgangan.
Oilaviy uchrashuvlarda u uzoq qarindoshi Franklin Delano Ruzvelt bilan tanishgan va 1903-yil noyabrda Franklin unga turmush qurishni taklif qilgan. Ular turmush qurishgach 6 nafar farzandli boʻlishgan.
1941-yilda Eleanor Ruzvelt Mudofaa vazirining oʻrinbosari etib tayinlandi va shu maqomda ikkinchi jahon urushi davrida AQSHning Britaniyadagi harbiy bazalariga, shuningdek, tinch okeani, Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi AQSH bazalariga tashrif buyurgan.
Yalta Konferensiyasidan qaytgach, 1945-yil 12-aprelda Franklin Delano Ruzveltning miyasiga qon quyiladi va u toʻsatdan vafot etdi. Erining oʻlimidan soʻng Eleanor publitsist, yozuvchi va huquq faoli sifatida faoliyat yuritgan.
U Birlashgan Millatlar Tashkilotini tashkil qilishda qatnashgan va Senat koʻmagida AQSH prezidenti Garri Trumen tomonidan BMT Assambleyasiga delegat etib tayinlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotida ishlagan paytida u Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ishlab chiqqan qoʻmitaga raislik qilgan. Garri Trumen inson huquqlari sohasidagi yutuqlariga ishora qilib, uni “Dunyoning birinchi xonimi” deb eʼtirof etgan. Eyzenxauyer prezident etib saylangach, 1953-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi Amerika delegatsiyasidan nafaqaga chiqadi.
Eleanor Ruzvelt 1933-yil martidan 1945-yilning apreliga qadar toʻrt muddatdan koʻproq vaqt davomida birinchi xonim sifatida faoliyat yuritgan yagona kishidir.
1962-yil 7-noyabrda 78 yoshida Eleanor Ruzvelt vafot etadi va turmush oʻrtogʻining yonidagi Hayd-Parkdagi atirgul bogʻiga dafn qilinadi.
- Kelajak - oʻz orzularining goʻzalligiga ishonganlarniki.
- Buyuk aql sohiblari gʻoyalarni-fikrlarni muhokama qiladilar. Oʻrtacha aql egalari voqea-xodisalarni muhokama qiladilar. Aqli pastlar esa shaxslarni muhokama qiladilar.
- Har doim esda tutingki, shaxs sifatida shakllanishga haqqingiz yoʻq. Sen bunga majbursan.
- Kechagi kun – tarix, ertangi kun – mavhumot, bugun esa – taqdirning tuhfasi.
- Agar hayotni bashorat qilish imkoni boʻlganida, u hayot boʻlishdan chekinib, oʻz mazmunini yoʻqotgan boʻlar edi.
- Oʻzingiz bilan doʻst boʻlishing juda ham muhim. Chunki oʻzing bilan doʻstlasha olmas ekansan, boshqa hech kim bilan doʻstlasholmaysan.
- Toʻgʻri deb bilgan ishingni qil. Qilsang ham tanbeh eshitasan, qilmasang ham.
- Ayol kishi choy oʻramiga oʻxshaydi. Qaynayotgan suvga tushmagunicha, uning qanchalik kuchli boʻlishini hech qachon bilmaysiz.
- Zulmatdan noliguncha, bitta boʻlsa ham chiroq yoq.
- Xarakterning shakllanishi bolalikdan boshlanadi va oʻlimgacha davom etadi.
- Goʻzal yoshlik-tabiiy hodisa, goʻzal keksalar esa - sanʼat
- Uygʻonganidan keyin uzoq vaqt turib qoladigan kishi, hech narsaga erisha olmaydi, u uygʻonishga uzoq vaqt sarflayotgan kishidir.
-Agar kimdir senga xiyonat qilsa, bu uning aybi. Agar oʻsha kishi senga yana xiyonat qilsa, endi aybni oʻzingdan qidir.
-Pulini yoʻqotgan koʻp narsani yoʻqotadi. Doʻstini yoʻqotgan yanada koʻproq narsani yoʻqotadi. Iymonini yoʻqotgan esa, hamma narsani yoʻqotadi.
- Hayotning maqsadi - bu yashash, uni toʻliq his qilish, yangi va boyroq tajribalarga qoʻrqmasdan erishish va unga intilishdir.
- Vaziyatlarni koʻpincha ularga boʻlgan munosabatingizni oʻzgartirish orqali oʻzgartirishingiz mumkin.
- Hech qachon bilim bilan donolikni aralashtirib yubormang. Biri hayot kechirishingizga yordam beradi, biri esa hayot qurishga.
- Oʻzi qilishni istamagan ishni boshqalardan qilishni talab qilish adolatdan emas.
- Izningizsiz hech kim sizni oʻzingizni yomon xis qilishga majbur qilaolmaydi
- Oʻzingizni boshqarish uchun boshingizni ishlating, boshqalarni boshqarish uchun esa yuragingizni.
Akbar Ahrorov,
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi