Янгиликлар
Huquqiy targ'ibot tadbiri keng qamrov kasb etdi
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish bugun har qachongidan-da dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Buning uchun har bir fuqaro oʻzida masʼuliyatni his etishi lozim.
Yangiyer shahar adliya boʻlimi tomonidan tuman tuman ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda shahar madaniyat bo'limida tashkil etilgan davra suhbatida mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar, bu borada qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Tadbirda soʻz olgan adliya boʻlimi boshlig'i Laziz Xudoyqulov dastlab “korrupsiya” soʻzining mohiyatiga urgʻu berib, u mansabdor shaxslar oʻzlariga berilgan huquqlar va hokimiyat vakolatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat ekanligini ishtirokchilarga tushuntirib oʻtdi.
Shuningdek tadbir mobaynida O'zbekiston Respubllikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonuni mazmun-mohiyati to'g'risida keng ma'lumotlar berildi. Murojaatlarning shakllari va turlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat etish huquqlari kafolatlari, murojaatlarni berish va ularni ko‘rib chiqish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat organlarining, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining huquqlari va majburiyatlari atroflicha tushuntirilib, ishtirokchilarni bu borada qiziqtirgan barcha savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi