Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

“Inson qadri uchun” tamoyili barcha islohotlarimizning bosh mezoni


Yurtimizda so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonni barpo etish, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan o‘zaro bog‘liq va mohiyatan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy va ma’naviy islohotlar amalga oshirilmoqda. Harakatlar strategiyasi doirasida asosiy qonunimiz hisoblangan Konstitutsiyaning shu bugunga qadar juda ko’plab o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi. Har qanday demokratik islohot mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asosga ega bo‘lsagina, bardavom va samarali va uzoq vaqt tayanchga ega bo‘ladi. Konstitutsiya yoki qonun davr talabi, islohot va xalq ehtiyojidan kelib chiqib, doimiy ravishda takomillashtirib va rivojlantirilib boriladi. Dunyoda hech bir konstitutsiya ilk qabul qilingan tahririda saqlanib qolmagan. Misol qilib oladigan bo’lsak,  XXI asrda 80 dan oshiq  davlatlarda qomusiy islohot muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, 57 tasida yangi hujjat qabul qilingan. Eng ko‘p o‘zgarish va qo‘shimcha Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveysariya, Avstriya, Isroil, Chili, Kolumbiya, Gruziya va Hindiston konstitutsiyalariga kiritilgan.

“Inson qadri uchun” tamoyili bugun barcha islohotlarimizning bosh mezoni sifatida belgilandi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev taʼkidlaganidek, milliy va jahon konstitutsiyaviy tajribasini chuqur va puxta o‘rganish lozim. Bu esa avvalo, senator va deputatlarimiz, keng jamoatchiligimiz, xalqimiz bilan yana bir bor maslahat qilib, jahon konstitutsiyaviy tajribasini o‘rganib, puxta o‘ylagan holda bugungi va kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan asosiy qonunimizni takomillashtirish masalasini ko‘rib chiqishni taqazo etadi.

Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi. Bir paytning o‘zida u yashayotgan davrimiz, xalqimiz va hayotning o‘zi, islohotlar talabi va ehtiyojidan kelib chiqib takomillashtirib boriladi. Zero, har qanday demokratik islohotlar mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asosga ega bo‘lsagina bardavom va samarali bo‘ladi.

Bugungi kun, globallashuv, raqamlashtirish, iqlim o‘zgarishi va jadal o‘zgarib borayotgan hayot mamlakatimizni yanada modernizatsiya qilish, tinchlik, barqarorlik va milliy mustaqillikni mustahkamlash borasida yangi va yangi yechimini kechiktirib bo‘lmaydigan, o‘ta dolzarb vazifalarni qo‘ymoqda. Shu bois ham Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida o‘ta ahamiyatli va jiddiy vazifalar belgilangan. Mamlakatni modernizatsiya qilishning yetti yo‘nalishi bo‘yicha 50 dan ortiq kodekslar, qonunlar, strategiyalar, konsepsiya va dasturlarni qabul qilish va hayotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan, 100 dan ortiq boshqa tashabbuslar ilgari surilgan. Strategiya qonunchilik, huquqni anglash, huquqiy tafakkur va huquqni qo‘llash tizimini, jamiyatning siyosiy va huquqiy ongini umuminsoniy qadriyatlar hamda barqaror rivojlanish tamoyillariga yo‘naltiradi.

Jahon konstitutsiyaviy jarayoni va XXI asr tajribasi va jahon amaliyoti islohotlarni izchil amalga oshirishda aynan jamiyat va davlatni modernizatsiya qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini rivojlantirish muhim ahamiyatga egaligini ko‘rsatmoqda.Bunda turli mamlakatlardagi konstitutsiyaviy o‘zgarishlar asosan tashqi va ichki tahdid hamda xatarlarni inobatga olib, ularga javob berishga qaratilganligi bilan o‘zaro o‘xshashligini taʼkidlash joiz. Zamonaviy konstitutsiyalar bundan yuz yil oldin unchalik ko‘zga tashlanmagan yangidan-yangi — atrof-muhit, gender tengligi, inson, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan shaxslar, kelajak avlod huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni qamrab olgan. Ularda, shuningdek, axborotlashgan jamiyatni shakllantirish, shaxsiy raqamli maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash, ilmiy-texnologik va innovatsion rivojlanish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron demokratiya va xalq qonunchilik tashabbusi elementlarini joriy etish kabi boshqa zamonaviy masalalar ham o‘rin olgan.

Konstitutsiyaviy islohotlar bugungi va istiqboldagi muvaffaqiyatli va barqaror taraqqiyotning zaruriy huquqiy sharti va asosidir. Xususan, u “samarali va yaxshi boshqaruv” tizimini joriy etishning muhim vositasi sifatida hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro tiyib turish va muvozanat tizimini mustahkamlash, hisobdorlik, ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni oshirishga yordam beruvchi konstitutsiyaviy “qoidalar”ni o‘rnatadi. Boshqaruv sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu o‘zgarishlar siyosiy tizim barqarorligini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotni rivojlantirishga foyda keltirib, natijada sarmoya kiritish va taraqqiyotni taʼminlash uchun qulay va barqaror muhit yaratadi.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining hayotga tizimli va izchil tatbiq etilishi demokratik islohotlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Bu, birinchi o‘rinda, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarishni nazarda tutadi. Qayd etish lozimki, “inson qadri” — fuqarolarning tinch va xavfsiz hayotini, asosiy huquq va erkinliklarini, bosqichma-bosqich munosib turmush sharoitini taʼminlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish, mamlakatning har bir fuqarosi uchun malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli taʼlim, ijtimoiy himoya va sog‘lom ekologik muhitni yaratish demakdir.

Bunga, eng avvalo, “Yangi O‘zbekiston — xalqchil va insonparvar davlat” g‘oyasi va “inson — jamiyat — davlat” tamoyilini hayotga faol tatbiq etish, Prezident, parlament va hukumat o‘rtasida vakolatlarni aniq taqsimlash, hokimiyatlar bo‘linishi tizimida o‘zaro tiyib turish va muvozanatni mustahkamlash, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, zamonaviy xalqaro hamjamiyatda o‘zining munosib o‘rnini topish orqali erishiladi.

Xulosa qilib aytganda, yangi qabul qilinadigan qonunlar har bir qonuniy faoliyatlarning samaradorligini va nufuzini oshirishga, mustaqilligini mustahkamlashga, vakolatlarini kengaytirishga, uni shakllantirish tartibini yanada demokratlashtirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kengaytirishga qaratiladi, mazkur konstitutsiyaviy yangilanishlar, inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini himoya qilish, konstitutsiyaning ustunligini ta’minlashga oid faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga imkon yaratadi.


R.I.Xolmuratov,

Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti