Янгиликлар
28
TAYINLOV
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Narbayev Bobur Shavkat oʻgʻli Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Huquqiy ekspertiza va yuridik xizmatlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Bobur Narbayev 1991-yil 4-oktyabrda Jizzax viloyati Doʻstlik tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2019-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. U mehnat faoliyatini 2019-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan.
Bobur Narbayev tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Narbayev Bobur Shavkat oʻgʻlini ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.