Янгиликлар
28
TAYINLOV
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Karimov Timur Batirovich Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Timur Кarimov 1988-yil 24-iyunda Jizzax viloyati, Forish tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 2013-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos. U mehnat faoliyatini 2014-yilda Jizzax viloyati Zomin tuman 1-son davlat notarial idorasi notariusi yordamchisi lavozimidan boshlagan.
Timur Karimov 2019-2020-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, 2020-yildan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish boʻlimi bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritdi.
Adliya boshqarmasi jamoasi Karimov Timur Batirovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida ulkan omad va muvaffaqiyatlar tilaydi.