Янгиликлар
Sayyor qabul samara berdi, fuqaro murojaati qanoatlantirildi
Bugun mamlakatimizda shunday tizim yaratildiki, aholining barcha qatlamlari ijtimoiy holatini oʻrganish va mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari kengaydi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarovning Shirin mahallasi aholi vakillari bilan sayyor ham muloqoti ham ana shunday samarali boʻldi.
Shunday deyishga yetarlicha asosimiz bor. Joriy yilning 25 yanvar kuni Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining Boyovut tumanidagi ogʻir hududlardan biri - “Shirin” mahalla fuqarolar yigʻinida o‘tkazgan sayyor qabulida Shirin MFY Yangi hayot ko’chasi, 1/5-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro II guruh nogironi Shoira Yo’ldosheva oilaviy sharoiti og’irligi, shu sababli, unga salomatligini tiklash uchun dori-darmon va kasalxonada davolanishi uchun order olishda yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Ushbu masala yuzasidan Shirin shahar adliya boʼlimi tomonidan barcha zarur choralar koʼrildi hamda fuqaroga tuman tibbiyot birlashmasidan dori-darmonlar olib berildi.
Bundan tashqari, Sh.Yoʼldosheva shifo maskanida statsionar davolanishi uchun elektron roʼyxatga kiritildi.
- Adliya xodimlariga rahmat, murojaatim yerda qolmadi. Dori-darmonlar etkazib berildi, kasalxonada davolanishim uchun elektron navbatga qo’yishda yordam berishdi. Fevral oyida navbatim kelar ekan, buni ham nazorat qiladigan bo’lishdi, - deydi Sh. Yo‘ldosheva.
Inson qadri uchun - bugungi islohotlarning bosh mazmuni. Adliya organlari ham inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning muammolariga huquqiy yechim izlab, amaliy yordam ko‘rsatish borasida faol harakatda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi