Янгиликлар
28
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida "Ma’rifat soati" tashkil etildi
Xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, o‘zaro fikr va tajriba almashish maqsadida adliya boshqarmasida muntazam ravishda "Ma’rifat soati" o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbirda Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, qonunchilikdagi yangiliklar hamda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida"gi Qonun mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha so‘z yuritildi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari S.Tog‘ayev mavzu yuzasidan o‘z-fikr mulohazalarini bildirib, so‘z navbatini Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Q.Ahmadjonovga berdi.
Q.Axmadjonov 2021-yil davomida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarni tashkil etish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi katta maslahatchisi U.Qosimov “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘risida”gi Qonun mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, mazkur qonun bilan diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish bilan bog‘liq tartib soddalashtirilganligi, diniy tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar to‘liq elektron shaklda, inson omilisiz amalga oshirilishi, diniy tashkilotning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish va tugatish faqatgina sud orqali bo‘lishi, diniy ta’lim muassasasidan tashqarida diniy ta’lim berish noqonuniy faoliyat sifatida belgilanligi ta’kidlandi.Tadbir qizg‘in baxs-munozaraga boy bo‘lib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.Xulosa shuki, mazkur qonun diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga, dinning asl mohiyatini anglashga, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi immunitet hosil qilishga, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shadi.Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi