Янгиликлар
Sayyor qabul xalq bilan faol va ochiq muloqot qilishda muhim omil bo'ldi.
Xalq bilan faol va ochiq muloqot olib borish, avvalo inson huquq hamda manfaatlarini taʼminlash orqali xalqimizning farovon, baxtli hayot kechirishi uchun munosib shart-sharoit yaratishda sayyor qabullar muhim omil boʻlmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattarovning navbatdagi sayyor qabuli Boyovut tumanidagi ogʻir hududlardan biri - “Shirin” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtdi.
Sayyor qabulda Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i B.Artikov, tuman adliya bo'limi boshlig'i O.Xalmatov, Boyovut tuman mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi, tuman ichki ishlar bo'limi, Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tuman bo'limi mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.
Jarayonda aholidan turli mazmunda 40 dan ziyod murojaatlar kelib tushdi. Shundan 8 ta murojaat joyida qanoatlantirildi, 25 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berildi, 7 ta murojaat oʻrganib chiqish uchun boʻlim ish yurituviga olindi.
Jumladan, fuqarolar M.Jonzoqova, Sh.Asqarova, N.Kuchmurotova, O.Sodiqova, I.Umarova, F.Qurbonovalar anchadan buyon ishsiz ekanligini ma'lum qilib, bu borada amaliy yordam so'radi.
Fuqaro J.Kulmatov yashab turgan uy-joyini kadastr ro'yxatidan otkazish va o'z nomiga rasmiylashtirishda ko'mak zarurligini bildirdi. Mazkur murojaatlar bo'yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, qabul davomida fuqarolar M.Ashuraliyeva va N.Saparboyevalarning murojaatlari qanoatlantirildi, ularga kasbiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida kompyuter texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha oʻqitish, shuningdek, subsidiya ajratish masalalari ko'rib chiqiladigan bo'ldi, fuqaro R.Yoʻldoshevaga esa salomatligini tiklash uchun tibbiyot birlashmasidan yoʻllanma olib beriladigan bo'ldi.
Ha, sayyor qabul ana shunday samarali bo'ldi. Eng muhimi, Boyovut tumanining og'ir hududlardan birida istiqomat qilayotgan aholining muammolari o'rganildi.Ochiq muloqot ko'plab murojaatlarga huquqiy yechim topish imkonini berdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi