Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Bolalar muammolari davlatimiz e`tiborida


So`nggi yillarda davlatimiz tomonidan etim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o`rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro`yobga chiqarishga ko`maklashish borasida qator huquqiy normalar qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5215-son qaroriga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022 yildagi 26-sonli qarori bilan tasdiqlangan“Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to`g`risidagi va “Mehr daftari”ga kiritilgan  yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risida NIZOMlar qabul qilindi.
  “Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to`g`risidagi  nizomga muvofiq “Mehr daftari”ga quyidagicha ta`rif berilgan: 
“Mehr daftari” — yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish maqsadida ular haqidagi ma’lumotlarni kiritish, idoralararo ma’lumotlar almashishni tashkil etish hamda “Mehr daftari” tizimi bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning samaradorligini monitoring qilish imkonini beruvchi elektron platformadir. 
Yuqorida qayd etilgan Nizomlar bilan quyidagilar belgilangan:
“Mehr daftari” tizimiga kiritishning axborot tizimidan foydalanish va ma`lumotlarni kiritish tartibi Milliy gvardiya tomonidan belgilanishi va 2022 yil 1 fevralgacha mazkur axborot tizimi amaliyotga joriy etilishi;
Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni “Mehr daftari”ga kiritish va undan chiqarish tuman(shahar) xokimi qarori asosida amalga oshirilishi;
O`quv tarbiya muassasalari(O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, Oilaviy bolalar uylari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi Bolalar uylari, “SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bo‘linmalari (bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari, yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari va ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari) hamda tuman(shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish sho`balari “Mehr daftari”ni shakllantirishga mas`ul qilib belgilanishi;
“Mehr daftari” tizimi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan “Mehr daftari” jamg‘armasi tashkil etilishi;
Qoraqolpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida “Mehr daftariga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasining faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradigan vasiylik kengashi tashkil etilishi; 
“Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va sarflash Vasiylik kengashi qaroriga ko‘ra amalga oshirilishi;
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammo (ehtiyoj, qiziqish)lari quyidagi tartibda o‘rganiladi:
o‘quv-tarbiya muassasalarida:
tarbiyalanuvchilarning bevosita murojaatlari va ular orasida o‘tkaziladigan so‘rovnomalar orqali;
o‘quv-tarbiya muassasalari bitiruvchilarining yoki ularning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs (tashkilot)lar murojaatlari orqali;
tuman (shahar) hokimliklarining bolalarni himoya qilish shu’balarida:
vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning murojaatlari orqali;
vasiylikka (homiylikka, patronatga) olingan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ota-onalari, qonuniy vakillari yoki ularning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs (tashkilot)lar murojaatlari orqali.
Quyidagilar “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning muammolarini hal etish, iste’dodli bolalarni qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni hayotga tayyorlash, ularning ta’lim-tarbiyasini tashkil etish, kasbga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, ayniqsa nogiron va surunkali kasalliklari bo‘lgan bolalarning sog‘ligini tiklash va saqlash;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorliklarini qoplash;
bolalarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lish sabablarini o‘rganish natijasiga ko‘ra aniqlangan muammolarini bartaraf etish va ularning oldini olish;
yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan oilalarni rag‘batlantirish;
“Mehr daftari” jamg`armasi mablag`lari hisobidan ko`rsatiladigan moddiy yordamlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan tasdiqlangan “Yo`l xaritasi”ga muvofiq  Vasiylik kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Vasiylik kengashi tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalarga moddiy yordam ularning muammolari va orzu-istaklaridan kelib chiqib, bazaviy hisoblash miqdorining o`ttiz besh baravarigacha bo`lgan miqdorda beriladi.
Moddiy yordam yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muammolarining hajmi va hayotiy muhimligidan kelib chiqib, Vasiylik kengashi qaroriga asosan bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz besh baravaridan ko‘p bo‘lgan miqdorda, ammo bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda berilishi mumkin.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolalar 25 yoshga  to`lganda tegishli qaror asosida  “Mehr daftari”dan chiqariladi. Bunda  daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta`minlangan va uy-joyi mavjud bo`lishi shart.Bandligi ta`minlanmagan holatlarda, : “Mehr daftari” hisobida turish muddati bandligi ta`minlangungacha, biroq  5 yildan ortiq bo`lmagan muddatga uzaytiriladi.

Xovos tuman yuridik xizmat ko`rsatish markazi bosh yuriskonsulti U.Urazaliyev