Янгиликлар
So'ragan edingiz...
SAVOL: Yaqinda ishdan boʻshadim, lekin 2015-2019-yillarda mehnat taʼtiliga chiqmaganman. Foydalanilmagan taʼtillarni olish tartibi qanday?
A. Jo'rayev, Boyovut tumani
JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksinin 151-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Shunga asosan 2015-2019-yillar mobaynidagi ish davrida foydalanilmagan mehnat taʼtillari uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Jamoat ishlarini bajarish chogʻida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq 15 foizga oshirilgan ishsizlik nafaqasidan kam boʻlmagan miqdorda haq toʻlash, ana shu ishlar muddatini umumiy mehnat stajiga qoʻshish, pensiya taʼminoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolatlanadi.
Savolga Boyovut tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti Abdurazzoq Ahmadqulov javob berdi