Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Bir_murojaat_izidan


“Oqoltin taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK va “Oqoltin qurilish” MCHJ oʻrtasida subpudrat shartnomalari tuzilgan edi. 

Unga koʻra, taraflar bajarilgan ishlarini topshirish-qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzolagandan soʻng, bosh pubratchi tomonidan 10 kunlik muddatda subpudratchining ushbu shartnomada koʻrsatilgan hisob raqamiga pulni toʻliq koʻchirish yoʻli bilan amalga oshirishi belgilangan.

“Oqoltin qurilish” MCHJ tomonidan shartnomada koʻrsatib oʻtilgan talablar bajarildi, biroq, “Oqoltin taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK tomonidan shartnomada koʻrsatib oʻtilgan hisob-kitob va toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmadi, yaʼni bajarilgan ishlar uchun 149 599 100 soʻm mablagʻ toʻlab berilmadi.

Mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bir necha bor mavjud qarzdorlikni qoplash toʻgʻrisida murojaat qilinishiga qaramasdan, “Oqoltin taʼmirlash-tiklash xizmati” DUK tomonidan javob xati berilmadi, qarzdorlik toʻlanmadi.  

Tadbirkor bu borada adliya koʻmagiga tayandi, qarzdorlikni undirishda amaliy yordam soʻrab Oqoltin tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat oʻrganilganda, qayd etilgan kreditor qarzdorligi subpudrat shartnomalariga asosan mavjudligi oʻz tasdigʻini topdi.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-xuquqiy bazasi toʻgʻrisidagi qonunning 7-moddasiga binoan, shartnoma taraflari, tuzilgan xoʻjalik shartnomalari boʻyicha zimmalariga olgan majburiyatlarni oʻz vaqtida va tegishli tartibda bajarilishi shart ekanligi koʻrsatilgan.

Shunga koʻra, adliya boʻlimi tomonidan “Oqoltin qurilish” MCHJ manfaatida Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo ariza kiritildi. 

Natijada sudning hal qiluv qarori bilan tadbirkor foydasiga 149 599 100 soʻm mablagʻ undirilishi belgilandi.

 Adliya aralashuvi bilan tadbirkorning huquq va manfaatlari himoya qilindi.


Hokimbek Erkaboyev,

Oqoltin tuman adliya bo'limi boshlig'i