Янгиликлар
28
Hududiy adliya organlari faoliyatidan
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro foydasiga javobgar Chiroqchi tuman hokimligidan 50 754 700 so‘m kompensatsiya (https://t.me/adliyangiliklari/4765) undirib berildi.
Shirin shahar adliya bo'limi ko'magida fuqaro nomiga foydalanilgan tabiiy gaz uchun asossiz qarzdorlik (https://t.me/adliyangiliklari/4772) bartaraf qilindi.
Ulug‘nor tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan “Fermerga madad” aksiyasi doirasida tuman hokimining qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarori bekor qilinib, “Asl brilliant tosh” fermer xo‘jaligidan olib qo‘yilgan 76,3 gektar yer maydonlari qaytarib berildi (https://t.me/adliyangiliklari/4773).
Xo‘jaobod tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘qituvchi foydasiga 60 mln so‘m undirildi (https://t.me/adliyaboshqarmasi/2012).
Andijon viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan “Bernino Lyuks” MChJga 138 mln 976 so‘m qo‘shimcha soliq va 27 mln 795 so‘m moliyaviy jarima qo‘llash haqidagi viloyat soliq boshqarmasi qarori haqiqiy emas (http://hudud24.uz/?p=35531)deb topildi.
Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Adliya vazirligining “Ochiq adliya” (“Open justice”) dasturiga muvofiq 2021-yil 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani (https://t.me/adliyaboshqarmasi/2019) tashkil etildi.
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi tomonidan «NAMANGAN TO‘QIMACHI CLUSTER» MCHJ foydasiga 206 mln so‘m undirib berildi (https://t.me/namanganadliya/7868).
Shayxontohur tuman adliya bo‘limi tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 48-oilaviy poliklinikaga taqdimnoma kiritilib, fuqaroga 1 276 388 so‘m miqdorda 2 oylik kompensatsiya va 638 194 so‘m miqdorda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab to‘lab berilishi taʼminlandi (https://t.me/toshadliya/2493).
Mirobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq taʼlimi bo‘limi hisobidan fuqaro foydasiga 33 733 421 so‘m miqdorida ish haqi undirildi (https://t.me/toshadliya/2494).
To‘raqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan fuqaro xonadonidagi nosoz elektr hisoblagich soz holatdagi yangi hisoblagichga almashtirib berildi (https://t.me/namanganadliya/7878).
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 55-sessiyasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nurievning 2021 yil davomida viloyatda adliya organlari tomonidan norma ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi (https://t.me/qonun_va_huquq/1043).
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “UNION STATION SERVISE” MCHJ foydasiga 80 mln soʻm undirib berildi (https://t.me/huquqiytargibot/8666).
Jizzax viloyati yuridik texnikumi yuridik klinikasining volontyorlari uchun seminar (https://t.me/jizzax_adliya_boshqarmasi/5388)tashkil etildi.
Yuristlar malakasini oshirish markazining professor-oʻqituvchilari tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari (https://t.me/surxondaryoadliya/1057)boʻlib oʻtmoqda.
Shovot tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan o‘qituvchi foydasiga 55 million so‘m undirildi (http://hudud24.uz/adliya-aralashuvi-bilan-okituvchi-foydasiga-55-million-som-undirildi/).