Янгиликлар
28
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash hamda turli xil huquqbuzarliklarning kamayishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash hamda turli xil huquqbuzarliklarning kamayishining eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Huquqbuzarliklar profilaktikasi aholining huquqiy savodxonligini oshirish barobarida qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, oʻrganish va bartaraf etish chora-tadbirlarini koʻrish imkonini ham beradi.
Sayxunobod tuman adliya boʻlimi, tuman IIB, tuman sudi hamkorligida “Doʻstlik” MFYda tashkil etilgan tadbir aholi va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi.
Uchrashuv mobaynida huquqbuzarliklarning oldini olish, kundalik hayot davomida duch keladigan vaziyatlar va turli xil faktlarga huquqiy baho berish masalalari muhokamalar markazida boʻldi.