Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Harbiy xizmatchilar bilan uchrashuv samarali bo'ldi


Mirzaobod tumanida joylashgan 532-SCHR Batal'onida adliya bo'limi tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda Adliya bo'limi bosh maslahatchisi Avazbek Safarov ma'ruza bilan ishtirok etdi.

Tadbirda dastlab harbiy xizmatchilarning huquq va majburiyatlari, harbiylarga yaratilgan imtiyozlar to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Ta'kidlanganidek, OTMga kirish uchun tavsiyanoma olgan harbiy xizmatchilar respublikaning OTMdagi tegishli taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishga kirishda test sinovlari natijalariga koʻra oʻzlari toʻplagan ballarining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo'ladilar.

Muloqot davomida harbiy xizmatchilarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berish tartibi batafsil tushunririldi.Shuningdek harbiy xizmatchilar qonunchilikdagi yangiliklardan ham xabardor qilindi.Uchrashuv qizg'in savol-javoblarga boy bo'ldi.

Bir so'z bilan aytganda, mazkur tadbir keng qamrovi bilan samarali bo'ldi hamda harbiy xizmatchilarning huquqiy bilimlarini oshirish imkonini berdi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi