Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlar baholandi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibot sohasidagi ishlarini muvofiqlashtirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori bilan tasdiqlangan “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash toʻgʻrisida”gi nizomga muvofiq huquqiy targʻibot tadbirlarini monitoring qilish va baholash adliya organlari tomonidan har yili ikki marotaba, masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan tegishli maʼlumotlarni soʻrab olish, zarurat boʻlganda esa joyiga borib oʻrganish orqali amalga oshirilishi belgilangan.

 Shunga koʻra, Adliya boshqarmasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha 2022-yil davomida oʻtkazgan targʻibot tadbirlari monitoring qilindi va baholandi.

   Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan 2021-yilning II yarim yilligi davomida jami 18 047 targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, ommaviy axborot vositalarida 2705 ta chiqishlar tashkil qilingan, shuningdek, 15342 ta ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari amalga oshirilgan. 

   Tahlil natijalariga koʻra, quyidagi tashkilotlar jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishda yetakchi deb topildi:

Ichki ishlar boshqarmasi, Soliq boshqarmasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Bojxona boshqarmasi. 

Shuningdek, oʻz faoliyat yoʻnalishlariga oid qonun hujjatlari toʻgʻrisida aholi orasida tushuntirish ishlarini tashkil qilishda quyidagi tashkilotlarning faoliyati qoniqarsiz deb topildi:

Oʻsimliklar karantini inspeksiyasi, Transport boshqarmasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boshqarmasi Madaniyat boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Boʻsh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish boshqarmasi.

Bundan tashqari, quyidagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan maʼlumotlar taqdim etilmadi:

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Sirdaryo viloyati boshqarmasi,

Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, 

Turizm va sport boshqarmasi, 

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi, 

Mudofaa ishlari boshqarmasi, 

Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasi, 

Sirdaryo viloyat taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi.

Ushbu tashkilotlarga maʼlumotlarni taqdim etish, kelgusida kelib chiqishi mumkin boʻlgan qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻymaslik haqida ogohnoma kiritildi.

    Adliya boshqarmasi davlat organlari va tashkilotlarini oʻz soha faoliyatiga oid hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish borasida targʻibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlari, veb-texnologiyalardan samarali foydalanishga va bu borada Adliya boshqarmasi bilan doimiy ravishda hamkorlik qilishga chaqirib qoladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi