Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati o‘tkazildi


Tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ma’naviyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va ustuvor yo‘nalishlarini yetkazishda siyosiy o‘quv soatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida o‘tkazilgan siyosiy (ma’rifat) o‘quv soati O’zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tayyorlangan dastur asosida tashkil etildi.

Xodimlarni jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim voqealarning tavsilotlari bilan tizimli bohabar qilishga qaratilgan siyosiy-ma’rifiy o‘quv soatida quyidagi masalalar qamrab olindi:

koronovirus infeksiyasining insonlar salomatligi, mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy hayotiga salbiy ta’siri;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ahamiyati;

Amir Temur davlatining dunyo tarixida tutgan o‘rni;

hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularni samarali ijro etish bo‘yicha joylarda amalga oshirilishi belgilangan vazifalar.

Ta’kidlash kerakki, mazkur mavzular ko‘rgazmali materiallar, infografika va slaydlar orqali batafsil tushuntirilishi tadbirning samarali va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qildi.

 Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot  va ma’rifat bo’limi