Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

“Mirishkor” mahallasi fuqarolarining muammolari oʻrganildi


Mamlakatimizda mahallabay ishlashning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan ogʻir boʻlgan mahallalardagi aholi bilan muloqot qilish orqali joylardagi vaziyat oʻrganilmoqda. Bu oʻz navbatida, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashda muhim omildir.

Bu borada Sirdaryo viloyatida ham amaliy ishlar davom etmoqda.

Bugun sektor rahbarlari boshchiligida Boyovut tumanidagi “Mirishkor” mahallasi fuqarolarining muammolari oʻrganildi.

Albatta, hududda yechimini kutayotgan muammolar, aholining aytadigan arzlari bor. Uchrashuv mobaynida ishga joylashish, uy-joyni rasmiylashtirish, meros, nafaqa tayinlash, moddiy yordam kabi masalalarda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarga viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov tomonidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi