Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Noreal qarzdorliklar olib tashlandi


Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqarolar Dj.Saidov, V.Gavrilova va R.Radjamatovlarning iste’mol qilingan tabbiy gaz uchun hisoblangan noreal qarzdorlikni olib tashlashda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy gazdan foydalanish” Qoidalarining 92-bandida, iste’molchi oy tugaganidan so‘ng 10 kun mobaynida iste’mol qilingan gaz hajmi uchun tabiiy gaz iste’molini hisobga olish priborlari ko‘rsatkichlari yoki belgilangan me’yorlar asosida to‘lovni amalga oshirishi belgilangan.

Adliya bo'limi tomonidan ushbu murojaatlar o'rganilganda quyidagilar aniqlandi. Jumladan, Sirdaryo tumani, Adolat MFY, Tanovar ko’chasi 284-uyda yashovchi fuqaro Dj.Saidovning nomiga 23.11.2021 yil holatiga 779 461 so'm qarzdorligi qayd etilgan. Gaz hisoblagich 1912 m3ni qayd etigan bo'lsa-da, “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo'limi notog'ri hisob-kitob oqibatida asossiz ravishda 294 880 so'm ortiqcha qarzdorlik yozilgan.

Shuningdek, Sirdaryo tumani, Paxtakor MFY, Ulug'bek ko'chasi 287/4-uyda yashovchi fuqaro A.Gavrilovaning xonadoni 2021-yil 15-noyabr holatiga baza bo'yicha qarzdorligi 1.252.868 so'mni tashkil qilib, qayta hisob-kitob qilinganda qarzdorlik 160 368 so'mni tashkil qilishi aniqlandi. “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti tomonidan fuqaro nomiga asossiz ravishda 1 092 500 so'm ortiqcha mablag' hisoblangani aniqlandi.

Shuningdek, Sirdaryo tumani, Paxtakor MFY, Baxt iqbol ko'chasi 50-uyda yashovchi fuqaro R.Radjametovning arizasiga asosan xonadoni 2013-yil 25-noyabr kuni tabiiy gazdan foydalanayotgan isteʼmolchilarning tarmogʻidan gaz taʼminotini toʻxtatish toʻgʻrisida dalolatnoma tuzilib, tarmoqdan uzilganligiga qaramay, 2021-yil 12-noyabr kungi abonent kartasidagi maʼlumotga asosan R.Radjamatovning nomiga 2016-2019-yillar oraligʻida ortiqcha gaz sarfi kiritilgan. Shuningdek, dasturda GXU koʻrsatkichi 5323 m3 ekanligi ma’lum bo'ldi.

Bu esa huquqlari buzilgan fuqarolar Dj.Saidov, A.Gavrilova va R.Radjamatovlarning haqli e'tiroziga sabab bo'ldi.

Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etish to'g'risida Hududgaz Sirdaryo gaz ta'minoti filialiga  taqdimnoma kiritilib, Fuqarolar Dj.Saidov, A.Gavrilova va R.Radjamatovlarning tabiiy gazdan qarzdorligi xatlovdan oʻtkazildi hamda adliya aralashuvi bilan asossiz qarzdorliklar olib tashlandi.


Kamoliddin Ernazarov,

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i