Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov va Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Artikov “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” mahallasi aholisi bilan uchrashdi


Mamlakatimizda aholi murojaatlari bilan ishlash masalalari yanada takomillashtirilmoqda. Joylarda aholi bilan tashkil etilayotgan uchrashuvlar ham bevosita xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning muammolariga yechim topishning muhim omili boʻlmoqda. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattarov va Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Artikovning Xovos tumanidagi ogʻir hududlardan biri - “Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi” mahallasi ahli bilan uchrashuvida ham aynan aholining muammolari oʻrganildi.

Jumladan, fuqarolar Gʻ.Nasritdinov qurilishi tugallanmagan binoni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, A.Toʻychiyev tabiiy gaz tarmogʻiga ulanishda amaliy yordam soʻradi. A.Karobekov esa anchadan buyon hududdan chiqindi olib ketilmayotganidan norozi.

Uchrashuv davomida 14 nafar fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlari tinglandi. Shundan, 5 ta murojaat nazoratga olinib, uy-joy, moddiy ta’minot, ishga joylashish, tibbiyot yo‘llanmalari orqali davolanish, tadbirkorlik faoliyati va boshqa sohalardagi mavjud muammolar yuzasidan kelib tushgan 9 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir mobaynida aholiga yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati tushuntirildi. Shuningdek, Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan xovosliklarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Darhaqiqat, bugun mamlakatimizda shunday tizim yaratildiki, aholining barcha qatlamlari ijtimoiy holatini oʻrganish va mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatlari kengaydi. Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbarlarining Xovos tuman aholi vakillari bilan ochiq muloqoti ham ana shunday samarali boʻldi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi