Янгиликлар
Aholining muammolari oʻrganildi
Mamlakatimizda 2022-yil “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” deb nomlanishida ham oʻziga xos maʼno bor. “Inson qadri uchun” tamoyili asosida aholiga munosib turmush sharoiti yaratishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada keng koʻlamli islohtlar amalga oshiriladi. Eng muhimi, yurtimizda yashayotgan har bir odamning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalasi diqqat markazida boʻladi.
Aholi bilan ochiq va yuzma-yuz muloqot qilish, hududlardagi muammo va yechimini kutayotgan masalalarni o'rganishda “Mahallabay” ishlash tizimi ijobiy samara beradi. Bu borada Xovos tumanida amalay harakatlar davom etmoqda.
“Nurli kelajak” mahallasi Xovos tumanining ogʻir hududlaridan biri sanaladi. Mahallada 1570 nafar aholi istiqomat qiladi. Ushbu hududda komunal soha, tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyati yaxshilanmoqda.
Sirdaryo viloyati Adliya boshqarmasi va Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi rahbarlari Xovos tumanidagi “Nurli kelajak” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, u yerdagi aholining muammolarini oʻrganishdi.
Jarayonda kredit olish, uy-joyni rasmiylashtirish, ishga joylashish, kommunal soha, nafaqa tayinlash, davolatish uchun order olish kabi bir qator masalalarda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ'ibot va ma'rifat bo'limi